Samsung bukiluvchi smartfonini sotuvga chiqarishni keyinga qoldirdi

Fan-texnika 00:44 / 23.04.2019 7795

Samsung Electronics kompaniyasi bukiluvchi ekranli yangi Galaxy Fold smartfonlarini displeyi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish uchun sotuvga chiqarishni keyinga qoldirdi. 

Samsung’da ta'kidlanishicha, qurilmani sinovdan o‘tkazayotgan foydalanuvchilar uning ekrani bilan muammolar yuzaga kelganini ma'lum qilishgan.

“Fikrlarni to‘liq o‘rganish va qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish uchun smartfonning chiqarilishini keyinga qoldirishga qaror qildik. Biz yaqin haftalarda smartfonning sotuvga chiqarilishini e'lon qilamiz”, deb aytilgan kompaniya xabarida. 

Ta'kidlanishicha, boshlang‘ich tekshiruvlar ekran bilan muammolar bukishning ekranning yuqori va pastki qismiga ta'siri bilan bog‘langan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan. Shuningdek, qurilma ichida topilgan narsalar disley ishlashiga ta'sir qilgan holat ham qayd qilingan.

Kompaniya displey himoyasini kuchaytirish bo‘yicha choralarni ko‘rishga va'da bergan. 

Samsung fevral oxirida dunyodagi ilk bukiluvchi ekranli Galaxy Fold modelini taqdim qilgandi. Model 7,3 dyuymli bukiluvchi ekran bilan jihozlangan bo‘lib, buning evaziga smartfon ixcham qurilmaga aylanishi mumkin. Smartfon 2-chorakdan 10 ta davlatda, jumladan Rossiyada sotuvga chiqariladi. AQShda smartfon 1,98 ming dollardan sotiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: