Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?

Foto: Shutterstock
2019 yil yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 41,5 ming kishini (40,7 ming kishi respublika hududlaridan, 0,8 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 43,6 ming kishini (40,7 ming kishi respublika hududlariga, 2,9 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 2,1 ming kishi bo‘lib, 2018 yilning mos davrida minus 2,5 ming kishi bo‘lgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 1,4 ming kishi), Samarqand (minus 1,3 ming kishi) va Toshkent, Buxoro (minus 0,8 ming kishi) viloyatlarida qayd etildi. Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 5,8 ming kishi) kuzatildi.
Yil boshidan beri doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 767 kishini tashkil etdi. Shundan, Tojikiston - 26,2 foizi, Qozog‘iston - 24,9, Rossiya - 21,4, Qirg‘iziston - 16,4 va boshqa davlatlar - 11,1 foiz.
Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni esa 2863 kishini tashkil qildi. Shundan, Qozog‘iston - 47,9 foiz, Rossiya - 45,6 foiz, Isroil - 1,1 foiz, AQSh - 0,7 foiz va boshqa davlatlar - 4,7 foiz.
O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2019 yil 1 aprel holatiga 2,5 mln kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 12,9 ming kishiga yoki 0,5%ga o‘sgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Veolia Energy Tashkent issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlarini to‘xtatdi
O‘zbekiston | 19:07
-
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:01
-
Yaponiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ta’lim: Toshkent Kimyo universiteti yangi bosqichda
Jamiyat | 19:00
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
Mavzuga oid

16:48 / 09.07.2025
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

12:29 / 09.07.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mlnga yetdi

14:52 / 08.07.2025
Nijniy Novgorod aeroportida migrantlarni markirovka qilish boshlandi

07:46 / 07.07.2025