O‘zbekistonga 250 dona gilza olib kirayotgan shaxs qo‘lga tushdi 

O‘zbekiston 17:59 / 23.04.2019 9948

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holati o‘z vaqtida fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, xorijiy davlatdan uchib kelib, «yashil»  yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro bojxonachilar e'tiborini tortgan.

«Belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan fuqaroning yuklari orasidan tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilmagan 250 dona ov quroli uchun mo‘ljallangan gilzalar borligi aniqlandi» , — deyiladi qo‘mita axborotida.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: