O‘zbekistonda qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilayotgani aytildi

Jamiyat 09:32 / 23.04.2019 52695

2019 yilning yanvar-mart oylarida 37,1 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaygan (2018 yilning yanvar-mart oylarida 4,7 promille bo‘lgan). Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.

2019 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 63,8%i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,0%i - o‘simtalardan, 5,2%i - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 5,1%i - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 4,3%i - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,2%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan. 

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 1,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 52,1%i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,3%i - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 16,0%i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,1%i - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,1%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7%i - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan va 6,7%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: