O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston 07:54 / 23.04.2019 37716

Gidrometeorologiya xizmati markazi 24-27 aprel kunlari uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 24-26 aprelda 12-17 daraja, 27 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 24 aprelda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 25-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24 aprelda 7-12 daraja, 25-27 aprelda 5-10 daraja; kunduzi 24-26 aprelda 13-18 daraja, 27 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 24 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 25-26 aprelda 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja; 27 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 24 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja; 25-26 aprelda 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja; 27 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 24 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24 aprelda 10-15 daraja, 25-27 aprelda 7-12 daraja; kunduzi 24-25 aprelda 13-18 daraja, 26 aprelda 10-15 daraja; 27 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 24-25 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 24 aprelda ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 26-27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 aprelda Toshkent viloyatida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 aprelda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 aprelda kechasi va kunduzi 5-10 daraja, 25-27 aprelda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: