Osiyo chempionati. Bugun Isroil Madrimov va yana 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim final uchun jang qiladi

Sport 11:40 / 23.04.2019 3432

Bugun, 23 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida chorak final bahslari davom ettiriladi. Bugun musobaqaning barcha yarim finalchilari nomi aniq bo‘ladi.

Bugun 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi ham yarim final yo‘llanmasi ringga chiqadi.

Kunduzgi dastur, 12:00 dan so‘ng:

-60 kg: Shukurjon Rahimov – Xursand Imankuliyev (Turkmaniston)
-75 kg: Isroil Madrimov – Tursunbay Qulahmet (Qozog‘iston)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Chingiz Borbashev (Qirg‘iziston)

Ayollar:
-60 kg: Rayhona Qodirova – Namuun Monxor (Mo‘g‘uliston)
-75 kg: Mavluda Mavlonova – Vei-Siyen Lin (Xitoy Taypeyi)

Kechki dastur, 16:00 dan so‘ng:

-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Xaipeng Mu (Xitoy)

Ayollar:
-64 kg: Maftuna Meliyeva – Suchada Panich (Tailand).

Eslatib o‘tamiz, 22 aprel kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston jamoasining yana 4 nafar vakili mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani erta yakunladi.

Ko‘proq yangiliklar: