OChL. «Shanxay SIPG» yana g‘alaba qozonolmadi

Sport 22:27 / 23.04.2019 4918

Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

N guruhida «Shanxay SIPG» o‘z maydonida Avstraliyaning «Sidney» klubi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov mezbonlarning asosiy tarkibida maydonga tushib, 2-bo‘limda almashtirildi.

Qayd qilish joizki, «Shanxay SIPG» qatorasiga 3ta turdan beri g‘alaba qozonolmayapti. Jamoa dastlabki turda «Kavasaki Frontale»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Shundan so‘ng, 1 marta yutqazib 2 marta durang o‘ynadi.

Guruhning yana bir o‘yinida «Kavasaki Frontale» va «Ulsan Hyonde» 2:2 hisobida durangni qayd etishdi.

OChL, guruh bosqichi
N guruhi, 4-tur
23 aprel

«Shanxay SIPG» - «Sidney» 2:2
Gollar: Elkeson (47), Vang (59) – O’Neyl (33), Le Fondr (62)

«Kavasaki Frontale» - «Ulsan Hyonde» 2:2
Gollar: Kobayashi (8), Chinen (82) – Pak Yung-U (17), Negrao (31)

Ko‘proq yangiliklar: