Nazarboyev: «Yangi avlod mamlakat rahbariyatiga keladi»

Jahon 11:35 / 23.04.2019 10933

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilishicha, yangi avlod vakili mamlakatni boshqaradi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston Nur Otan partiyasining navbatdan tashqari qurultoyiga tayangan holda xabar bermoqda.

Uning ta'kidlashicha, 2019 yil 19 martda Qozog‘iston «kelajagi uchun» iste'foga chiqishga qaror qildi.

«Aziz partiyadoshlar, qadrli jamoatchilik. Men sizlar bilan partiyaning XIX navbatdan tashqari qurultoyida uchrashib turganimdan xursandman. Keling, yaxshi darajada ishlaymiz. Hozir Qozog‘iston rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. 19 mart kuni men o‘z vakolatlarimni to‘xtatdim. Mamlakatimizning kelajagi uchun shunday qaror qabul qildim. Yangi avlod mamlakat rahbariyatiga keladi. Vaqt keldi, hayot shunday», - dedi Nazarboyev Nur Otan partiyasining navbatdan tashqari qurultoyida.

Mustaqillik yillarida katta ishlar amalga oshirildi, deya davom etgan birinchi prezident. Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida ko‘plab mutaxassislar Qozog‘istonda millatlararo nizolar yuz berishini taxmin qildi, ammo qozog‘istonliklar buning aksini isbotladi, dedi u.

«Mening asosiy tamoyilim - birinchi navbatda iqtisodiyot, keyin siyosat - o‘zining haqqoniyligini isbotladi. Odamlar hayotini yaxshilash kerak edi. Buning natijasida biz eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biriga aylandik», - deya qayd etib o‘tdi Nazarboyev.

Bundan oldin, Nazarboyev Toqayevni prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surgandi

Ko‘proq yangiliklar: