Moliya vazirligi Oliy ta'lim vazirligiga 2 mln dollar ekvivalenti miqdorida mablag‘ ajratadi

O‘zbekiston 15:10 / 23.04.2019 3640

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Aju universitetini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Aju universiteti (Koreya Respublikasi) o‘rtasida Aju universiteti ta'lim dasturlarini joriy qilish to‘g‘risida Kelishuv loyihasi ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent shahrida Aju universitetini tashkil etishda Aju universiteti (Koreya Respublikasi)ga dastlabki konsultatsiya ishlarini bajarishi uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga 2,1 mln. AQSh dollari ekvivalenti miqdorida konvertatsiya xarajatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo‘yicha mablag‘ ajratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Aju universiteti (Koreya Respublikasi) bilan imzolangan ta'lim dasturlarini joriy qilish to‘g‘risidagi Kelishuvga asosan hamda ular tomonidan taqdim etiladigan xarajatlar rejasiga muvofiq to‘lovni amalga oshiradi.

Aju Universiteti (Koreya Respublikasi)ga o‘tkazib beriladigan 2,1 mln. AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ soliqqa tortish obekti emasligi belgilab qo‘yilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: