Kvartirasini hokimliklar ixtiyoriga topshiruvchi fuqarolarga yer uchastkalari ajratish haqidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi

O‘zbekiston 16:49 / 23.04.2019 15734

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toshkent shahar hokimining 2013 yil 30 yanvardagi “Ko‘p qavatli uylarda joylashgan xususiy kvartirasini tuman hokimliklari ixtiyoriga topshiruvchi fuqarolarga yer uchastkalari ajratish haqida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 79-sonli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Toshkent shahar hokimining 2013 yil 30 yanvardagi “Ko‘p qavatli uylarda joylashgan xususiy kvartirasini tuman hokimliklari ixtiyoriga topshiruvchi fuqarolarga yer uchastkalari ajratish haqida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 79-sonli qaroriga kiritilishi rejalashtirilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar:
 
qarorning 3-bandi quyidagi yangi tahrirda bayon qilinadi:

“3. Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G‘.Rasulov), Qurilish bosh boshqarmasi (B.Xolmatov), “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi (M.Irmatov), tuman hokimliklari:”
        
“Ko‘p qavatli uylarda joylashgan xususiy kvartirasini tuman hokimliklari ixtiyoriga topshiruvchi fuqarolarga yer uchastkalari ajratish haqida”gi nizomda:

muqaddimadagi “2006 yil 30 dekabrdagi “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 272-son” so‘zlari, “2019 yil 28 yanvardagi “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 63-son” so‘zlari bilan almashtiriladi;

1.2.-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlanadi;

2.1.-bandidagi “Toshkent shahar hokimligi tomonidan” so‘zlaridan keyin “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi DUK va” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;

2.2-bandi quyidagi yangi tahrirda bayon qilinadi:

“Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olmoqchi bo‘lgan “kvartira topshiruvchilar” Toshkent shahar hokimligiga ariza bilan murojaat etadilar. Arizaga fuqarolik pasporti, topshirilayotgan uy-joyning kadastr hujjati, uy joyga nisbatan huquqni belgilovchi yuridik hujjat nusxalari, shuningdek kvartira topshiruvchining oila a'zolarini uy-joy topshirilishiga roziligi haqidagi yozma arizalari ilova qilinadi. Topshirilayotgan uy-joy bo‘yicha begonalashtirish yoki xususiylashtirish (oldi-sotdi, hadya, meros qabul qilish va boshqalar) to‘g‘risidagi notarial xatti-harakatlar amalga oshirilganligiga bir oydan oshiq muddat o‘tgan bo‘lsa, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi elektron tizim orqali tegishli kommunal tashkilotlardan ushbu uy-joyning kommunal to‘lovlar bo‘yicha ma'lumotlarni so‘rab oladi va qarzdorlik mavjud bo‘lganda uni to‘lovini amalga oshirish uchun “kvartira topshiruvchiga” taqdim etadi".    

2.3-bandida:

“Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi” so‘zlari, “Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“dan 600 kv.m.gacha” so‘zlari chiqarib tashlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: