IShID Shri-Lankadagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Jahon 16:30 / 23.04.2019 7699

IShID 21 aprel kuni Shri-Lankada sodir etilgan va 320 nafardan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan davomli teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda tashkilotga yaqin bo‘lgan Amaq agentligi xabar tarqatdi.

IShIDning ushbu bayonoti haqida ekstremistik saytlar faoliyatini nazorat qiluvchi SITE portalida ham xabar qilingan.

Shu bilan birga, tashkilotning Shri-Lankadagi cherkovlar va mehmonxonalarga hujumlarga aloqadorligini tasdiqlovchi faktlar keltirilmagan.

Bundan avvalroq, Shri-Lanka Mudofaa va ommaviy axborotlar vaziri Ruvan Viyevardene ushbu teraktlarni 2019 yil martida Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahridagi masjidlarda sodir etilgan teraktlarga javob bo‘lgani haqida gapirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: