Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada saylovlardagi ovozlarni hisoblash vaqtida 92 kishi vafot etdi

Foto: Antara Foto/Didik Suhartono/ via REUTERS
Indoneziyada o‘tgan umumiy saylovlardagi ovozlarni hisoblash vaqtida kuchli toliqish sababli kamida 92 kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakatning markaziy saylov komissiyasi raisi Orif Budimanga iqtibos keltirgan holda Antara axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, yana 374 kishi bir kun davom etgan ovozlar hisob-kitobidan keyin sog‘lig‘idagi muammolardan shikoyat qilgan. Qurbonlardan biri Malaku viloyatidagi aholi punkti saylov uchastkasi boshlig‘i bo‘lib, u viloyatdagi saylovlarga yakun yasash bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda vafot etgan.
Saylov komissiyasi a'zolari moliya vazirligi mansabdor shaxslari bilan uchrashib, jabrlanuvchilarga moliyaviy kompensatsiya to‘lanishini muhokama qilishmoqchi. Komissiya vafot etganlar yaqinlariga 30-36 mln rupiy, kasal bo‘lib qolganlarga 30 mln rupiyga yaqin va jarohat olganlarga maksimal 16 mln rupiy to‘lash taklifini ilgari surgan.
17 aprelda Indoneziyada o‘tgan saylovlar dunyodagi eng yirik saylovlar bo‘ldi. Mamlakat aholisi prezidentdan tashqari, parlamentning ikkita palatasi deputatlari, mahalliy deputatlarni saylashgan. Saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 193 mln kishidan 80 foizi ishtirok etgan. Butun mamlakat bo‘ylab 813 mingdan ko‘proq saylov uchastkasi faoliyat olib borgan.
Saylov komissiyasi xodimlari saylovchilarga xizmat ko‘rsatish va ovozlarni hisoblash bo‘yicha vazifalar bilan haddan tashqari yuklangan bo‘lganlar hamda faqatgina peshin namozi vaqtida biroz tanaffus qila olganlar. Umuman olganda, saylov komissiyasi xodimlari deyarli 48 soat tanaffussiz ishlashlariga to‘g‘ri kelgan.
Ovozlar hisoblanishi rasman 22 may kuni yakunlanishiga qaramay, prezident lavozimiga muxolif nomzod va sobiq general Prabovo Subianto o‘zini Indoneziyaning yangi prezidenti deb e'lon qilgan. U, shuningdek, raqibi – amaldagi prezident Joko Vidodo tomonidan ovozlar soxtalashtirilganining isbotiga ega ekanligini aytgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC
Jahon | 15:14
-
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:12
-
2030 yilgacha asfalt qilinmagan ichki yo‘l qolmaydi - Transport vaziri
O‘zbekiston | 15:04
-
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi
Jahon | 14:59
Mavzuga oid

22:49 / 07.07.2025
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

18:00 / 26.06.2025
Toshkent – Bali yo‘nalishida birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys amalga oshirildi

18:32 / 02.06.2025
Indoneziya ishga qabul qilishda yosh cheklovlarini olib tashladi

18:24 / 20.05.2025