GM Uzbekistan va «O‘zavtosanoat» Rossiyadagi dilerni qarzlar bo‘yicha javobgarlikka tortmoqchi

O‘zbekiston 17:56 / 23.04.2019 16733

Bankrot bo‘layotgan «Uzdeuavto-Voronej» YoAJning (Uz-Daewoo avtokonserni distribyutori) tanlov kreditori «Finansovyy konsultant №1» MChJ Voronej oblastidagi arbitraj sudiga qarzdorni nazorat qilgan shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida ariza berdi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.

YoAJ tanlov boshqaruvchisi Oleg Parfenovning xabariga ko‘ra, gap kompaniyaning sobiq uch nafar top-menejyeri haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi bosh tuzilmalar - «Jyeneral Motors O‘zbekiston» AJ, «O‘zavtosanoat» AK, «AVTOSANOAT INVEST» MChJ dilerni qarzlar bo‘yicha javobgarlikka tortishni istayapti. Javobgarlik miqdori aniqlashtirilmagan.

«UzDeuAvto-Voronej» GM Uzbekistan avtokonserni Uz-Daewoo brendining Rossiyadagi yagona rasmiy distribyutori bo‘lgan. Tanlov kuzatuvi 2017 yilning aprelida joriy qilingan. Hozirda kreditorlar talablari reyestriga qariyb 18 milliard rubl qarzlar kiritilgan.

Bundan oldin, Rossiya banki Tohirjon Jalilovga nisbatan bankrotlik da'vosi bilan chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: