GM Uzbekistan Qirg‘izistonga avtomobillar eksportini qayta tikladi

O‘zbekiston 12:00 / 23.04.2019 7986

22 aprel kuni GM Uzbekistan AJ avtomobillarini Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qila boshladi. Qirg‘izistonga avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinadi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, bugungi kungacha shirkat avtomobillari Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga amalga oshirildi. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.

2019 yil GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e'lon qilingan, bugungi kunda kompaniya mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda, deyiladi kompaniya ma'lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: