Fransiyaning sobiq bosh vaziri sudlanadi 

Jahon 21:43 / 23.04.2019 3918

Fransiyaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon rafiqasi bilan birga sud oldida javob beradi. Fiyonning 2017 yildagi prezident lavozimi uchun saylov kampaniyasi fiktiv ishga joylashtirish bilan bog‘liq mojaro sababli muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgandi.

Tergov olib borayotgan sudyalar Fiyon ishi bo‘yicha davlat mablag‘larini xarjlab yuborish, kamomadni yashirish va jamiyat hayoti shaffofligini ta'minlash bo‘yicha deklarativ majburiyatlarni bajarmaslik bo‘yicha taftish o‘tkazishni tavsiya qilishgan.

Sobiq bosh vazirning rafiqasi Penelopa davlat mablag‘larini xarjlab yuborishda ishtirok etish va bu holatni yashirish, davlat mavqeini suiiste'mol qilishni yashirishda ayblanmoqda. 

Fiyon Le Canard Enchaine nashri 2017 yil yanvarda unga ishonchni yo‘qqa chiqargan tergov natijalarini chop etmaguncha Fransiya prezidenti lavozimiga asosiy nomzod hisoblangan.

Bir nechta maqolada Fiyonning rafiqasi parlamentda deyarli ishlamaganiga qaramay, budjetdan o‘z erining parlament yordamchisi sifatida 1986 yildan 2013 yilgacha davr ichida 680 ming yevro olgani haqida gap borgan. 

Fiyon natijada prezident saylovlarining 1-turida 20,01 ovoz bilan 3-o‘rinni egallab, keyingi bosqichdagi ishtirokdan mahrum bo‘lgan.  

Ko‘proq yangiliklar: