Filippin prezidenti chiqindi tufayli Kanadaga "urush" bilan tahdid qildi  

Jahon 18:47 / 23.04.2019 14164

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte "mamlakatini chiqindixonaga aylantirib yuborgan" Kanadaga qarshi "urush e'lon qilish" bilan tahdid qildi, deb xabar berdi Rappler portali.

Xabarda aytilishicha, xususiy importyorlar tomonidan Filippin hududiga Kanadadan tonnalab chiqindi keltiriladi. Ekologlarning noroziliklariga qaramasdan, Kanada hukumati chiqindilarni qaytarib olishni rad etdi.

"Men Kanadani ogohlantiraman, yaxshisi ular chiqindini kelgusi haftada olib chiqib ketishsin yoki Kanada tomon suzib boraman va chiqindilarini o‘zlariga uloqtiraman", - dedi Duterte. "Ularga urush e'lon qilaman. Bu chiqindilarni rostdan ham qaytaraman. Ko‘rasizlar", - deb qo‘shib qo‘ydi Filippin prezidenti.

Portalning xabar berishicha, Duterte yuk mashinalari Kanadaning Makati shahridagi elchixonasi yaqiniga chiqindi to‘kib ketishini buyurgan. Shuningdek, u mamlakatga Kanada chiqindilari kirishiga yo‘l qo‘ygan bojxona xodimlarini bo‘shatishini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: