«Chelsi» o‘z uyida ochko yo‘qotib, «Tottenhem»dan o‘zib ketish imkonini qo‘ldan chiqardi

Sport 08:24 / 23.04.2019 6688

Angliya Premer-ligasining 35-turi so‘nggi o‘yini Londondagi «Stemford Brij» stadionida «Chelsi» va «Bernli» klublari o‘rtasida kechib, 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yindagi to‘rtala gol ham dastlabki 24 daqiqa ichida kiritildi. 8-daqiqada Jyeff Hendrik hisobni ochdi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay mezbonlardan Ngolo Kante va Gonsalo Igauin javob gollarini urishdi. 24-daqiqada «Bernli» hujumchisi Eshli Barns muvozanatni tikladi va bu gol o‘yinda oxirgisi bo‘lib qoldi.

Qayd etish joiz, o‘yin oxirida mezbonlar bosh murabbiyi Mauritsio Sarri raqib futbolchilarini vaqt cho‘zayotganlikda ayblab bildirgan e'tirozlari uchun hakam tomonidan chetlatildi.

Ushbu turda «ko‘klar»ning raqobatchilari – «Tottenhem», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» mag‘lubiyatga uchrashdi. «Chelsi» durang natija bilan «Tottenhem»ga yetib oldi, jadvalning 3-6-o‘rinlaridagi tig‘izlik saqlanib qolmoqda.

Angliya chempionati
35-tur, 22 aprel
Chelsi – Bernli 2:2 (2:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 8 Xendrik, 1:1 – 12 Kante, 2:1 – 14 Iguain, 2:2 – 24 Barns.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, David Luiz, Emerson, Kante (Kovachich, 46), Jorjino, Loftus-Chik, Xadson-Odoi (Pedro, 41), Iguain (Jiru, 77), Azar.
Bernli – Xiton, Louton, Tarkovski, Mi, Teylor, Xendrik, Vestvud, Kork, Maknil, Barns, Vud.
Ogohlantirishlar: Xiton (32), Pedro (90+2), Kovachich (90+4).

 

Ko‘proq yangiliklar: