Buyuk Britaniyada eng zaif parollar ma'lum qilindi

Fan-texnika 17:01 / 23.04.2019 6214

Buyuk Britaniyaning Kiberxavfsizlik milliy markazi (NCSC) tadqiqot o‘tkazdi va internetda ma'lumotlarni himoya qilish uchun mamlakatdagi foydalanuvchilar tomonidan qo‘llaniluvchi eng zaif 100 mingta parollar ro‘yxatini e'lon qildi.

123456 kombinatsiyasi eng ishonchsiz bo‘lib chiqdi. 23 million britaniyalik o‘z ma'lumotlarini internetda himoya qilish uchun undan foydalanmoqda, deya hisoblaydi mutaxassislar. 123456789 kombinatsiyasi biroz kamroq tarqalgan, 7.7 million foydalanuvchi uni yetarlicha ishonchli parol deb biladi. Qwerty kombinatsiyasi 3,8 million foydalanuvchi tomonidan ishlatiladi hamda uchinchi o‘rinni egallaydi. To‘rtinchi o‘rinda - 3,6 mln foydalanuvchi qo‘llaydigan password (parol) so‘zi. Yetakchi beshlikka yettita bir sonidan iborat kombinatsiya yakun yasab berdi - 1111111 (3,1 million).

Bundan tashqari, foydalanuvchilar ko‘pincha parol sifatida quyidagilarni tanlaydi:

erkaklar va ayollar ismi, eng keng tarqalgan - Eshli, Maykl, Daniel, Jyessika va Charli;

futbol klublari nomi, yetakchi beshlik - «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Everton».

musiqiy ijrochilarning yoki musiqiy guruhlarning nomi, blink182, 50cent, Eminem, Metallica va Slipknot yetakchilik qilyapti;

o‘ylab topilgan personajlar, kino va adabiyot qahramonlari - Supermen, Naruto, Tigra, pokemon va Betmen hamda boshqalar.

Ko‘proq yangiliklar: