Aziza Umarova: «Oliy ta'limni egallash darajasi Afrikadagidek bo‘lib qoldi»

O‘zbekiston 09:49 / 23.04.2019 42946

Ekspert Aziza Umarova telegramdagi kanalida O‘zbekiston oliy ta'lim tizimi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning aytishicha, 27 yil mobaynida oliy ta'lim olishga bo‘lgan ongli tarzda qilingan cheklov uzoq maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilgan.

“Kadrlarga muhtojlik - “kadrlarga tashnalik”ni kuzata turib, shuni anglamoqdamanki, oxirgi 27 yil mobaynida oliy ta'lim olishga bo‘lgan ongli tarzda amalga oshirilgan cheklov uzoq maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilgan. Natijada ommaning tabaqalashuvi hamda qatlamlashishi yuzaga keldi. Oliy ta'limni egallash darajasi esa Afrikadagidek bo‘lib qoldi. Bu esa qo‘shni mamlakatlarga nisbatan uch barobar pastdir”, - deb yozadi u.

Ta'kidlanishicha, ajratilgan kvota-o‘rinlardan bosqichma-bosqich voz kechilmoqda, biroq xususiy OO‘Yudan voz kechish oliy ta'limning keskin pasayishiga olib kelgan. Yuz-ikki yuz talabani qabul qilayotgan xorijiy Oliy o‘quv yurtlari ta'limning filiallari bu masalasini hal qila olmayapti. Har yili 650 000 nafar maktab bitiruvchilari mehnat bozoriga chiqmoqda. Moskva-koreys-turk-yana qandaydir OO‘Yularining bo‘limlarini har yili yuztadan ochish shart, deb yozadi ekspert. 

“Masalani hal etishning yagona yo‘li - sohani liberallashtirish orqali xususiy OO‘Yu faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir. Davrimizga oid chizgi va qaydlar: Bir qancha ishbilarmonlar o‘z mablag‘lariga (davlatdan bir tiyin olmay) Moskvadagi “Skolkovo”ga teng keladigan o‘zlarining har taraflama qulay biznes-maktablarini ochishmoqchi, biroq mana bir necha oydirki ularga Toshkent viloyatidan joy ajratib bera olishmayapti. Nahotki yoshlarning ta'lim olishi hech kimga kerak bo‘lmasa?” - deydi Aziza Umarova. 

Ko‘proq yangiliklar: