Germaniyada 27 yil komada yotgan ayol o‘ziga keldi

Jamiyat 18:22 / 23.04.2019 21364

Germaniyada kamyob hodisa sodir bo‘ldi – 27 yildan buyon koma holatida bo‘lgan ayol to‘liq o‘ziga keldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

BAA fuqarosi Munira Abdulla 1991 yilda Al-Ayn shahrida avtomobili maktab avtobusiga urilishi natijasida boshidan jarohatlangan. Avtomobilda, shuningdek, uning o‘g‘li Umar Veber ham bo‘lgan va ona o‘g‘lini quchoqlab qolgani tufayli bola yengil jarohat olib, tezda tuzalib ketadi.

Munirani avval mahalliy shifoxonaga joylashtirishadi, keyinchalik aniq tashxis qo‘yish uchun Londonga ko‘chiradilar. Shifokorlar unda og‘riq kabi minimal sezgilar saqlanib qolgani va komaga o‘xshash holat yuzaga kelganligini bildirishadi. Shundan so‘ng bemor BAAga qaytariladi va uzoq yillar davomida zond orqali ovqatlantirilib, badani uqalab turiladi.

2017 yilda valiahd shahzoda uning ahvolidan xabar topganidan so‘ng Munira Abdullaning oilasiga Germaniyada davolanish uchun mablag‘ ajratadi. Oradan bir yil o‘tib ayol ayrim ovozlar chiqara boshlaydi, bir necha kundan keyin esa butunlay o‘ziga keladi va o‘g‘lining ismini aytadi.

Hozir ayol oilasi bilan BAAga qaytib, davolanishni davom ettirmoqda. U mushaklar atrofiyasidan forig‘ bo‘lish uchun fizioterapiya muolajalarini olishi zarur.

Ko‘proq yangiliklar: