Tesla kompaniyasi Shanxaydagi yer osti avtoturargohlaridan birida o‘z mashinasining portlashi tafsilotlarini aniqlash uchun Xitoyga o‘z mutaxassislarini jo‘natdi.
Weibo ijtimoiy tarmog‘ida 21 aprelda avtoturargohda turgan mashinaning portlashi videosi joylashtirilgan. Videoda mashina tagidan oq tutun chiqayotgani va bir necha soniyadan keyin u portlab ketgani hamda yonida turgan mashinaga shikast yetkazganini ko‘rish mumkin.
Video muallifining ta'kidlashicha, portlagan mashina birinchi avloddagi Tesla Model S bo‘lgan.
Good or bad, negative or positive I will post anything about Tesla or EVs in China. This happened today in Shanghai, China 🇨🇳 1st generation Tesla Model S caught Fire 🔥 underground car park.#Tesla #TeslaChina #ModelS #Fire #China #Shanghai #特斯拉 #中国 $TSLA pic.twitter.com/HOwMcvulV1
— Jay in Shanghai (@ShanghaiJayin) April 21, 2019
“Shanxaydagi voqea haqida ma'lumot olganimizdan keyin voqea joyiga jamoamizni yubordik”, deyilgan kompaniyaning Weibo’dagi rasmiy sahifasida.
Kompaniyaning xabar qilishicha, ayni vaqtda tegishli idoralar bilan aloqa o‘rnatilmoqda va voqea tafsilotlarini o‘rnatishda ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
“Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan”, deyilgan xabarda.