Toshkent ko‘chalarida oynali kioskalar va eko-kabinkalar paydo bo‘ldi

Jamiyat 09:02 / 22.04.2019 15032

O‘zbekiston qadimdan sharq va g‘arb o‘rtasida faol savdo aloqasi bilan mashhur bo‘lgan, mustaqil bo‘lganidan so‘ng esa chakana savdo sohasida Markaziy Osiyo durdonasiga aylandi. Faol o‘zgarishlar tezkor munosabatlar talab etadi, shuning uchun universal oynali kioskalar va eko-kabinkalar tashkil etilib, ular O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes egalari uchun megapolisning zamonaviy qiyofasini saqlab qolgan holda qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beradi.

MOBOSHOP universal kioskalari va ECO SYSTEMS modul kabinalaridan peshtaxtalarga ega panorama oynali mukammal savdo pavilonlari hamda kichik chakana savdo kioskalari sifatida foydalanish mumkin.

Yengil va mustahkam konstruksiyalar turli sohalarda foydalidir:

  • muzqaymoq va pishiriqlar sotiladigan mobil savdo shoxobchalari;
  • yangi uzilgan meva va sabzavotlar sotiladigan oynali do‘konlar;
  • ofis va ishlab chiqarish xonalari uchun yig‘ma konstruksiyalar;
  • gazeta, jurnallar, suvenirlar sotiladigan ko‘chma kioskalar.

Biznes talablari va ko‘lamlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish, sanoat, ofis, maishiy va jamoat ehtiyojlari uchun mos ravishda miqdor va rang yechimlarini taklif etadilar.

ECO SYSTEMS modul kabinalari shisha tolasi bilan armaturalangan plastikdan ishlab chiqarilgan. Devorlari qattiq poliuretan ko‘pigi bilan to‘ldirilganligi sababli ular mustahkam va yengildir. Eko-kabinalar ultrabinafsha ta'siriga chidamli, korroziyaga qarshi, zanglamaydigan va oson yuviladigan, zarbabardosh ikki qavatli devorlarga ega va ishonchli izolyatsiyali materialdan ishlab chiqarilgan.

MOBISHOP universal metall kioskalar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va bozorda “Maximum Dream” MChJ kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Konstruksiya asosiga mustahkam metalli karkas kiradi, vitrinalarning alyuminiy profili ikki kamerali qo‘shoyna bilan to‘ldirilgan. Pol o‘z tuzilmasi bo‘yicha yog‘ochli qoplamani eslatadi, unda sirg‘anilmaydi va uni yuvish oson. To‘liq perimetr bo‘yicha mukammal oynalashtirish kunu-tun tovarlar assortimentini namoyish etish va yuzasiga reklama materiallarini oson joylashtirish imkonini beradi.

Yig‘ma konstruksiyalardan turg‘un binolar o‘rnida foydalanish g‘oyasi zamonaviy modul tizimlarining yaratilishiga olib keldi. Ular harakatchan, foydalanishda qulay hamda ulardan jamoat ehtiyojlari va biznes uchun foydalanish mumkin.

Batafsil ma'lumot uchun:

Telefon: +99890 123-21-22, +99897 333-53-37

E-mail: eco.systems@bk.ru

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: