Qirg‘izistonda noroziliklar sababli uran konidagi ishlar to‘xtatildi  

Jahon 23:58 / 22.04.2019 13717

Qirg‘iziston hukumati mamlakat g‘arbida joylashgan Tosh-Buloq uran koni o‘zlashtirilishini ekologik tekshiruv xulosasi chiqarilguncha to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Bunday ko‘rsatmani bosh vazir Muhammadkaliy Abilgizayev bergan.

U konning o‘zlashtirilishiga uzoq vaqtdan beri qarshi chiqayotgan mahalliy aholi namoyishlari qayta boshlanishiga shunday javob bergan.

“Agar uran konidagi faoliyat odamlar va ekologiyaga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lsa, biz konning o‘zlashtirilishidan voz kechishimiz lozim”, deb aytgan Qirg‘iziston bosh vaziri. 

22 aprelda norozilik aksiyasi kon yonida, 21 aprelda esa Bishkekda bo‘lib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: