Osiyo chempionati. O‘zbekistonning dastlabki vakili yarim finalga chiqdi

Sport 13:20 / 22.04.2019 12707

22 aprel kuni Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kungi janglariga start berildi.

O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi dastlabki jangni -49 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov boshlab berdi. U laoslik raqibi Xampxouvan Xamsatonega qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun yana 7 nafar o‘zbekistonlik bokschisi yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Kunduzgi dastur:
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Chatchai Budte (Tailand)
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Mijgona Samadova (Tojikiston)
-69 kg: Shahnoza Yunusova – Makoto Kikuchi (Yaponiya)
-81 kg: E'zoza Meliyeva – Lina Vang (Xitoy)
Kechki dastur, 16:00 dan so‘ng:
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov – Amit Pangal
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov – Bek Nurmaganbet (Qozog‘iston)

Ko‘proq yangiliklar: