OChL. «Lokomotiv» bir kishi kam bo‘lib, «Al Ittihod» bilan durang o‘ynadi

Sport 20:00 / 22.04.2019 6673

Toshkentda Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» hamda «Al Ittihod» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. 75-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan «Lokomotiv» (jamoa sardori Islom To‘xtaxo‘jayev maydondan chetlatildi) 1:1 hisobida durang o‘ynadi va 4 ochko bilan guruhda 3-o‘rinda qoldi. «Ittihod» esa 7 ochko bilan hamon guruhda yetakchilik qilmoqda.

LOKOMOTIV - AL ITTIHOD 1:1
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (36) - Romarino (13).
«Lokomotiv»: Javohir Ilyosov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Arslonmurod Omonov, Diyor Turopov, Jamshid Iskanderov (Igor Yelich, 77), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filip Rayevats, 85).
«Al Ittihod»: Favaz al-Qarni, Abdulloh al-Ammar, Yosin Umar, Mate Yurman, Xolid as-Samiri, Ahmad Asiri, Nosir ash-Shamroni, Seku Sanogo, Abdulaziz al-Bishi, Fahad al-Muvaldad, Romarino.
Chetlatish: Islom To‘xtajo‘jayev (75).

Ko‘proq yangiliklar: