Kolumbiyada ko‘chki oqibatida 19 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Jahon 08:00 / 22.04.2019 3614

Kolumbiyada 21 aprelda sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 19 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 5 kishi jarohat oldi. Voqea mamlakat janubidagi Kauka departamentida sodir bo‘lgan.

Ko‘chki kamida 8 ta uyni bosib qolgan va AQSh hamda Kanadani Lotin Amerikasi davlatlari bilan bog‘lovchi Panamerika shossesining bir qismini to‘sib qo‘ygan. Ko‘chkiga kuchli yomg‘irlar olib kelgan.

“Kaukada Panamerika shossesining Popayan va Pasto shaharlari o‘rtasidagi qismidagi ko‘chkida jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatmoqdamiz. Ayni vaqtda 19 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi jabrlangan”, deyilgan mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmati xabarida.  

Kolumbiya prezidenti Ivan Duke halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: