Jazoirda 5 nafar milliarder hibsga olindi 

Jahon 19:34 / 22.04.2019 11814

Jazoirda korrupsiya jinoyatlarining tergovi davomida 5 milliarder hibsga olindi. Bu haqda 22 aprelda Jazoir davlat televideniyesiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Xususan, Jazoirning yangi hukumati mamlakatdagi eng boy tadbirkor Issad Rabrobni hibsga olgan. Forbes nashri uning boyligini 3,8 mlrd dollarga baholagan. 

Shuningdek, Jazoirning sobiq prezidenti Abdulaziz Butafliqaga yaqin bo‘lgan Kuninaf oilasidan 4 nafar aka-uka hibsga olingan.

Avvalroq mamlakatni 20 yildan ko‘proq boshqargan Butafliqa jamoatchilik bosimi ostida iste'foga ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: