Eksport qiluvchi tashkilotlarga tariq mahsulotini eksport qilishga ruxsat berildi

O‘zbekiston 19:50 / 22.04.2019 5393

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan tariq mahsulotini eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan eksport qilishga ruxsat berildi.

“Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan tariq mahsulotini (TIF TN kodi 1008 21 000 0, 1008 29 000 0) eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan 2019-2020 yillarda eksport qilishga ruxsat berilsin”, deyiladi farmoyishda.

Farmoyish O‘zbekiston Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy tovarlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatdoshligini ta'minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda eksport hajmlarini kengaytirish maqsadida qabul qilindi. 

Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.G‘aniyev va investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzaqov zimmasiga yuklandi.

Ko‘proq yangiliklar: