Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar qariyb 3,5 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fosh etishdi
20-21 aprel kunlari Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan yirik qonunbuzarlik holatlari fosh etildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Z.X. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali Navoiy viloyatiga olib kelingan 10,6 ming donadan ortiq dori vositalari va 64 dona elektr hisoblagich borligi aniqlandi.

Mazkur avtoulov bilan birgalikda Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan, M.Q. boshqaruvidagi yana bir “Neksiya” rusumli avtomashina ham tezkor kuzatuvga olindi. Undagi yuklar Zangiota tumanidagi xonadonlardan biriga tushirilayotgan vaqtda, davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini ko‘rib qolgan shaxs darrov rulga o‘tirib, qochishga urindi.
Uning qochishga urinishi bekorga emas ekan. Yuklar tushirilayotgan xonadon ko‘zdan kechirilganda bu yerda hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1081 dona dori vositalari, 330 kg. mis, 49 dona elektr hisoblagich borligi aniqlandi.
Bu shaxs tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida ashyoviy dalillar bilan bojxonachilar tomonidan qo‘lga olindi.
Uning boshqaruvidagi avtomashina ko‘zdan kechirilganida, avtomashinada hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 14 685 dona tibbiyot buyumlari va dori vositalari, alkogolli ichimliklar uchun mo‘ljallangan 400 ming dona qalbaki aksiz markalari, 830 dona bolalar so‘rg‘ichi va 36 dona elektr hisoblagich borligi aniqlandi.
Yuqoridagi tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati taxminan 1,9 mlrd. so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy boyliklarning ichki hududda noqonuniy aylanishi oldi olindi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ham shu kabi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi. “Namangan-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan X.G‘. boshqaruvidagi yuk mashinasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu yuk avtomashinasida M.Yu. tomonidan olib ketilayotgan, muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan qiymati taxminan 1,5 mlrd. so‘mlik 11,7 ming donadan ortiq “Herbalife” brendiga tegishli kosmetika vositalari, biologik faol qo‘shimchalar va boshqa xo‘jalik mollari borligi aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan fosh etilgan bojxona qonunbuzilishi holatida esa “Saratov-Toshkent” xalqaro yo‘nalishidagi poyezd yo‘lovchisi X.O.ning qing‘ir qilmishlari fosh etildi. Bu shaxs xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 75 mln. so‘mlik 3000 dona “Ketgut” nomli jarrohlikda foydalaniladigan tibbiyot iplarini perronda noqonuniy tushirib qoldirayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan 210 ta huquqbuzarlik holatida 9,5 mlrd. so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari: Istanbul formati «o‘z ma’nosini yo‘qotdi»
Jahon | 14:51
-
Markaziy bank dunyodagi eng yirik bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:17
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43
-
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Iqtisodiyot | 13:39
Mavzuga oid

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:13 / 03.07.2025