Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi sehr-joduga qarshi kurashish maqsadida bir qator takliflar ishlab chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti Kun.uz saytida Latofat Bekbo‘tayeva muallifligida nashr qilingan «Sehr-joduga yuridik maqom berib bo‘ladimi?» sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi.
Hurmatli Latofat Bekbo‘tayeva va Kun.uz sayti tahririyati!
Kun.uz internet nashrida e'lon qilingan folbinlik va sehr-joduning salbiy illatlari haqidagi maqolada haqiqatda ham hozirgi kunda muammoli masalalardan biri ko‘tarilgan bo‘lib, uni huquqiy tartibga solish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maqolada ta'kidlab o‘tilganidek, hozirgi kunda folbin, sehrgar, ekstrasenslar va boshqa shu kabi shaxslar tomonidan inson va aholining ommaviy ongiga salbiy ta'sir o‘tkazish holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan qonun hujjati qabul qilinishi zarurati yuzaga kelmoqda.
Ayni paytda, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan bu borada o‘rganishlar olib borilgan bo‘lib, qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tegishli takliflar ishlab chiqilgan. O‘rganishlar davomida shu narsa ma'lum bo‘ldiki, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda sehr-joduning keng tarqalishi kuzatilmoqda. Mazkur holat jamiyatning madaniy-axloqiy qadriyatlariga zarar yetkazilishiga, oilalarning buzilishiga, shuningdek shaxslar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari uzilishiga sabab bo‘lyapti. Buning oldini olish maqsadida O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan doimiy ravishda aholi o‘rtasida sehr-jodu amallari bilan shug‘ullanuvchilar xizmatidan foydalanmaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda, madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, o‘tkazilgan tadbirlar doirasida Idora tomonidan 12ta maqola chop etilgan, 318ta davra suhbatlari va seminarlar tashkil etilgan.
Olib borilayotgan bu kabi ishlarga qaramasdan sehr-jodu qilish vaji bilan fuqarolarning ishonchiga kirib, firibgarlik qilinayotgan hollar uchrab turibdi. Joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida bunday holatlar yuzasidan 20 nafar shaxsga nisbatan 1ta holatda jinoyat ishi, 18ta holatda ma'muriy ishlar qo‘zg‘atilgan. Moddiy zarar miqdori 22 mln. so‘mdan ortiqni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, birgina Qashqadaryo viloyatining o‘zida 337ta sehr-jodu bilan shug‘ullanuvchi shaxslar mavjudligi aniqlangan, 2019 yil boshidan buyon ular faoliyati yuzasidan 115ta shikoyat kelib tushgan.
Xorijiy mamlakatlarda sehr-jodu amaliyotining qanday huquqiy tartibga solinganligini o‘rganish maqsadida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan 20dan ortiq davlat qonunchiligi tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida bir qancha mamlakatlarda (Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi, Uganda, Zambiya, Keniya) sehr-jodu bilan shug‘ullanish qonun bilan, arab mamlakatlarida esa shariat qoidalari bilan taqiqlangan. Yana bir qator mamlakatlarda (Vetnam, Tojikiston, Kot-d’Ivuar va boshqa davlatlar) sehr-jodu bilan shug‘ullanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, ayrim mamlakatlarda bu faoliyatga tadbirkorlikning bir ko‘rinishi sifatida qaraladi.
Xalqimizning azaliy qadriyatlari, muqaddas dinimiz sehr-jodu bilan shug‘ullanishga tadbirkorlikning bir turi sifatida qarashga, shunday qabul qilishga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababdan, Institut mutaxassislari tomonidan sehr-joduga qarshi kurashish maqsadida mamlakatimizning bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonuniga sehr-jodu xususiyatiga ega bo‘lgan reklamalarni tarqatishni taqiqlovchi, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga esa sehr-jodu bilan shug‘ullanganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlikni belgilovchi normalar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 11:33
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
Mavzuga oid

13:18 / 28.06.2025
Rossiyada yangi «chet el agentlari»: komik, rep ijrochi va «Memorial» yuristi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025