Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi: hokimliklar uylar buzilishi haqida ularning egalarini buzish boshlangungacha 6 oydan kechikmay xabardor qilishi shart

Adliya vazirligi hokimliklar uylar buzilishi haqida ularning egalarini buzish boshlangungacha 6 oydan kechikmay xabardor qilishi shartligi haqida eslatdi.
«Huquqiy axborot» Telegram-kanalida ma'lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining
«Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq, tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini olib qo‘yish, yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlarni, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash to‘g‘risidagi tegishli qarorlari nusxalarini bildirishnomaga ilova qilgan holda, buzish boshlanguncha 6 oydan kechikmay, imzo qo‘ydirib uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar mulkdorlarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan yer uchastkasi olib qo‘yilishi va yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davomli jazirama kunlar kelyapti
O‘zbekiston | 10:21
-
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Jamiyat | 10:08
-
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin
Jahon | 10:03
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
Mavzuga oid

19:14 / 11.07.2025
Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

13:18 / 28.06.2025
Rossiyada yangi «chet el agentlari»: komik, rep ijrochi va «Memorial» yuristi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

11:28 / 08.04.2025