Abdulaziz Komilov Ukraina elchisini qabul qildi

O‘zbekiston 18:35 / 22.04.2019 4792

22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘z diplomatik missiyasini tugatayotgan Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuriy Savchenkoni qabul qildi.

Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Ukraina aloqalarining holati va ushbu hamkorlikni, birinchi navbatda ulkan foydalanilmagan salohiyat mavjud bo‘lgan savdo-iqtisodiy sohada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda Elchining ko‘p yillik faoliyatiga yuqori baho berildi.

Elchi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

65 yoshli Savchenko 2010 yildan beri Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: