Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankadagi teraktlar qurbonlari soni 200 nafarga yaqinlashdi, ular orasida o‘nlab xorijliklar bor

21 aprel kuni Shri-Lankada ketma-ket 6ta portlash yuz berdi. Orol davlat poytaxti Kolombo shahri markazidagi uchta «lyuks» mehmonxona - «Shangri-La», «Tsinnamon Grand» va Kingsberi otelida, katolik cherkovida portlashlar ro‘y berdi. Xuddi shu vaqtda poytaxt yaqinidagi Negombo va Battikaloa shahridagi cherkovlarda ham portlashlar sodir etilgan. Cherkovlarda bu vaqtda Pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar davom etayotgan edi.
Bu Shri-Lankada fuqarolar urushi tugaganidan keyingi eng yirik xunrezlik bo‘ldi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 185 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.
Hukumat vakillari ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida kamida 35 nafar chet ellik bor — ular mehmonxonada yashayotganlar bo‘lgan, ular qaysi davlatlar fuqarolari bo‘lgani ma'lum emas.
Ayni vaqtda mamlakatdagi barcha bayram tadbirlari bekor qilingan. Shri-Lanka bosh vaziri shoshilinch hukumat yig‘ilishini chaqirgan.
Hozircha teraktlar uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmadi. BBC News xabarida qayd etilishicha, hukumat so‘nggi oylarda bir necha marta Suriyada IShID safida jang qilgan diniy aqidaparastlarning Shri-Lankaga ommaviy qaytishidan xavotirdaligini ma'lum qilgan edi. Bundan tashqari, Shri-Lankada radikal kayfiyatdagi buddaviylik tashkilotlari ham faoliyat olib boradi: 2018 yili ular masjidlar va musulmonlarning uylariga ketma-ket hujumlar uyushtirgan, buning oqibatida keyinchalik mamlakatda favqulodda holat joriy etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
-
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:37
-
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi
Jahon | 09:34
Mavzuga oid

01:21 / 23.06.2025
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi

12:20 / 02.06.2025
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi

11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti

15:08 / 11.05.2025