Shri-Lankadagi teraktlar qurbonlari soni 200 nafardan oshib ketdi

Jahon 18:20 / 21.04.2019 6445

Shri-Lankadagi davomli teraktlar qurbonlari soni 200 nafardan oshdi.

News 1st manbasi politsiyaga asoslanib xabar qilishicha, ayni vaqtga kelib terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 215 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 450dan ortiq kishi jarohatlangan.

Bundan avvalgi xabarlarda hukumat teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 161 nafarligini tasdiqlagandi.

21 aprel kuni tongda Shri-Lanka poytaxti Kolombodagi 3ta mehmonxona va bitta cherkovda, shuningdek Negombo va Battikaloadagi ikki cherkovda portlashlar sodir etildi. Kunning ikkinchi yarmida yana ikki portlash ro‘y berdi, ulardan biri - Kolombodagi terakt xudkush tomonidan sodir etildi.

Ko‘proq yangiliklar: