Shri-Lankadagi terakt qurbonlari soni ortmoqda, ular orasida xorijliklar ham bor

Jahon 12:04 / 21.04.2019 4380

Shri-Lankadagi mehmonxonalar va katolik cherkovlarida sodir etilgan davomli teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 52 nafarga yetdi. 

Pasxa bayrami kunida Kolomboda sodir etilgan portlashlar oqibatida 42 kishi, Battikaloadagi portlashlar oqibatida esa 10 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 283 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.

Shri-Lanka Iqtisodiy islohotlar vaziri bergan xabarga ko‘ra, qurbonlar orasida xorijiy mamlakat fuqarolari ham bor.

21 aprel kuni tongida poytaxt Kolombo shahri markazidagi uchta «lyuks» mehmonxonada va cherkovda bir vaqtda teraktlar sodir etildi. Shu vaqtda poytaxt yaqinidagi yana ikki shahardagi cherkovlarda portlash ro‘y bergan.

Ko‘proq yangiliklar: