Shri-Lankada yettinchi va sakkizinchi portlashlar sodir bo‘ldi. Mamlakatda komendantlik soati joriy etildi

Jahon 14:31 / 21.04.2019 8318

20 aprel tongida davomli portlashlar sodir bo‘lgan Shri-Lankada yana ikki marta portlash ro‘y berdi. Portlashlarning birinchisi mamlakat g‘arbidagi Dexivala shahrida sodir etildi.

Ada Derana yangiliklar portali xabariga ko‘ra, portlash zoologik bog‘ yonida sodir bo‘lgan. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan.

Shuningdek, mamlakat poytaxti Kolomboda ham yana bir portlash ro‘y bergan. Bu portlash tafsilotlari haqida ma'lumotlar yo‘q.

21 aprel kuni Shri-Lankada ketma-ket 6ta portlash yuz berdi. Poytaxt Kolombo shahri markazidagi uchta mehmonxona, katolik cherkovida hamda poytaxt yaqinidagi Negombo va Battikaloa shahridagi cherkovlarda portlashlar sodir etilgan. Cherkovlarda bu vaqtda Pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar davom etayotgan edi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 185 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.

Ayni vaqtda mamlakatda komendantlik soati joriy etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: