Shavkat Mirziyoyev Shri-Lanka prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston 15:50 / 21.04.2019 12034

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shri-Lankada yuz bergan portlashlar munosabati bilan mamlakat prezidenti Maytripala Sirisenaga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shri-Lankada yuz bergan portlashlar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Maytripala Sirisenaga hamdardlik bildirdi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni Shri-Lankada ketma-ket 8ta portlash yuz berdi. Poytaxt Kolombo shahri markazidagi uchta mehmonxona, katolik cherkovida hamda poytaxt yaqinidagi Negombo va Battikaloa shahridagi cherkovlarda portlashlar sodir etilgan. Cherkovlarda bu vaqtda Pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar davom etayotgan edi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 185 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.

Ko‘proq yangiliklar: