Saudiya Arabistoni va BAA Sudanga 3 milliard dollarlik ko‘mak ko‘rsatadi

Jahon 19:30 / 21.04.2019 4583

Saudiya Arabistoni va BAA Sudanga 3 milliard dollarlik ko‘mak ko‘rsatadi. Bu haqda BAAning BAM axborot agentligi xabar berdi.  

“BAA va Saudiya Arabistoni qardosh Sudanga va uning xalqiga 3 mlrd dollarlik yordamni e'lon qiladi”, deb aytilgan xabarda. 

Ushbu qiymatdan 500 mln dollari yaqinda davlat to‘ntaruvini boshdan kechirgan Sudanning milliy valutasi va markaziy bankini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi, qolgan qiymat esa Sudan xalqiga shoshilinch yordam (oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, neft mahsulotlari) ko‘rinishida taqdim qilinadi.

Sudanda uzoq davom etgan noroziliklardan keyin prezident Umar al-Bashir harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatildi, mamlakatni boshqarishni armiya o‘z zimmasiga olgan. Biroq Sudanda xalq noroziliklari tugamayapti – namoyishchilar fuqarolik boshqaruv organi shakllantirilishini va unga barcha hokimiyat vakolatlari berilishini talab qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: