Partiyadoshi Tereza Meydan iste'fo talab qilmoqchi

Jahon 15:02 / 21.04.2019 4034

Buyuk Britaniya Konservatlar partiyasi qo‘mita rahbari Grem Bredi 23 aprel kuni mamlakat Bosh vaziri Tereza Mey iste'fosini talab qiladi, deb xabar bermoqda The Times o‘z manbalariga tayangan holda. 

Ta'kidlanishicha, Bredi Bosh vazirning joriy yil iyun oyi yakuniga qadar o‘z lavozimini topshirishini so‘ramoqchi. Aks holda, parlament a'zolari hukumatga ishonchsizlik votumini muhokama qilishi mumkin, deya ta'kidlaydi nashr.

Breksit ishi bo‘yicha Meyga qarshi bo‘lgan parlamentariy soni umumiy a'zolarning 70 foizidan ortib qoldi. Shunga qaramay, Bosh vazir ikki marta ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish jarayonidan muvaffaqiyatli o‘ta oldi. Birinchi marta votum haqida Meyning partiyadoshlari gapirgandi. Hukumat va parlament o‘rtasidagi nizolar Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi bilan bog‘liq. 

Joriy yil 29 mart kuni Breksit ishi yakuniga yetishi kerak edi, ammo Mey vazifani uddalay olmadi. YeI Buyuk Britaniyaga jarayonni yakunlash uchun yangi muddat tayinlagan.

Ko‘proq yangiliklar: