Janubiy Koreya prezidenti davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi

Foto: Qozog‘iston TIV matbuot xizmati
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi bilan Nur-Sultonga keldi, deb xabar berdi Bnews.kz Qozog‘iston TIV matbuot xizmatiga tayanib.
"Tashrif doirasida u Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev bilan uchrashishi hamda Qozog‘iston-Koreya biznes-forumida ishtirok etishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 18-21 aprel kunlari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirdi. Koreya prezidenti 19 aprel kuni ikki davlat rahbari ishtirokidagi muzokaralarda va ikki davlat biznesmenlari ishtirokidagi biznes-forumda ishtirok etdi, 20 aprel kuni Toshkentda Koreys madaniyat va san'at uyi ochilishida qatnashdi hamda shu kuni Samarqand viloyatiga borib, tarixiy obidalarni ziyorat qildi.
Mun Chje In 21 aprel kuni Samarqanddan jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025