AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshlaydi

O‘zbekiston 02:00 / 21.04.2019 11368

AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi keyingi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlagan Pamela Spartlen o‘z vakolatlarini tugatgach, 2018 yilning avgustida AQSh senati Daniel Rozenblyumni yangi elchi etib tasdiqlagan edi.

Qariyb olti oydirki, AQShning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi elchisiz faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. AQSh Senatining 2019 yil 11 apreldagi tasdig‘i bilan Daniel Rozenblyum O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan.

Senatning o‘sha bayonotida Daniel Rozenblyumning avvalgi faoliyati qayd etilgan. Ulardan eng muhimlari — Afg‘onistondagi tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliyot, mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, O‘zbekistonda islohotlarni tezlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlardir.

Shuningdek, Rozenblyum Qo‘shma Shtatlarning xususiy sektorini jalb etish va investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishda ham faol ishtirok etgan, deyiladi hujjatda.

2014 yildan boshlab Daniel Rozenblyum AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha mas'ul kotibi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: