Ukrainada Zelenskiyni saylovdan chetlashtirish to‘g‘risida sudga da'vo arizasi berildi

Jahon 21:52 / 20.04.2019 40267

Oltinchi apellyatsion ma'muriy sudi Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidentligiga nomzodlikka ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi da'vo arizasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda advokat va "Ukraina aksionerlar assotsiatsiyasi" jamoat tashkilotidan saylovlarni kuzatuvchi Andrey Xilko ma'lum qildi.

"Sud mening rasmiy kuzatuvchi sifatidagi da'vom bo‘yicha ish ochdi", - deb yozdi Xilko feysbukda.

Advokatning aytishicha, sud majlisi bugun Kiyev vaqti bilan 21.00da bo‘lib o‘tadi.  

Ukraina prezident saylovi 31 mart kuni bo‘lib o‘tdi, ammo hech bir nomzod yetarlicha ovoz to‘play olmadi. Saylovning ikkinchi turi 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi davlat rahbari Petro Poroshenko va birinchi tur yetakchisi Vladimir Zelenskiy ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni ikki nomzod Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida debat o‘tkazdi.

Ko‘proq yangiliklar: