Sudanning sobiq prezidenti uyidan yirik miqdordagi mablag‘lar topildi

Jahon 19:00 / 20.04.2019 12327

Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashirning uyidan 6 million dollardan oshiq mablag‘ topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.

Bundan tashqari, uning uyidan 351 ming dollar va 5 milliard sudan funti (105 million dollar) ham topilgan.

Ayni vaqtda hokimiyatdan ag‘darilgan prezidentga qarshi jinoiy ish ochilgan. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, Umar al-Bashir pul yuvish va katta miqdordagi mablag‘larni noqonuniy ravishda o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

Keyingi 4 oy mobaynida Sudanda hukumatga qarshi namoyishlar davom etdi va 11 aprel kuni Umar al-Bashir hukumatdan ag‘darildi va sobiq prezident qamoqqa tashlandi.

Ko‘proq yangiliklar: