Liviyadagi harbiy harakatlar qurbonlari soni 220 nafarga yetdi

Jahon 12:20 / 20.04.2019 6930

Liviya poytaxti Tripoli atrofida olib borilayotgan harbiy harakatlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 220 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mahalliy bo‘limi matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, qurolli nizolar davomida 1066 kishi jarohat olgan.

«Halok bo‘lganlar tinch aholi vakillari orasida tibbiyot xodimlari, ayollar va bolalar ham bor», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq BMT Liviyadagi jabrlanuvchilar uchun 2 million dollar yordam mablag‘i ajratgandi.

2019 yilning 4 aprel kuni Liviya Milliy armiyasi qo‘mondoni marshal Xalifa Haftar Tripoliga yurish boshladi.

2011 yili Muammar Qazzofiy ag‘darilganidan keyin Liviyada qo‘shhokimlik yuzaga kelgan. Mamlakatning g‘arbiy qismini Fayoz as-Sarroj boshchiligidagi Milliy kelishuv hukumati boshqaradi, bu hukumat BMT va YeI tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Mamlakat sharqida esa Tripolidagi hukumatdan mustaqil va Liviya milliy armiyasiga tayanadigan parlament nazorat o‘rnatgan.

Ko‘proq yangiliklar: