Isroil S-300 tizimiga qarshi chora topdi

Jahon 11:30 / 20.04.2019 23894

Isroildagilar Rossiyaning S-300 zenit-raketa majmualariga qarshi yangi toifadagi Rampage «havo-yer» raketalari orqali qarshi turadi. Bu haqda Telepolis nashri jurnalisti Florian Retser aytib o‘tgan.

«Taxminlarga ko‘ra, «Rampage» raketalari rossiyaliklarning zenit-raketa majmualarini chalg‘itib, yaxshi himoyalangan obektlarni, masalan bunkerlarni yakson etishi mumkin», — deya yozgan Retser.

Uning qayd etishicha, Isroilda bunday raketalardan Suriyaning Hama viloyati hududiga zarbalar berishda foydalanilgan.

Rampage raketasi — 570 kg og‘irlikda, 4,5 m uzunlikda bo‘ladi. U 150 km masofadagi nishonga borib tegishi mumkin. Bunday raketalarda ikkita kallak bo‘ladi, ular navbati bilan portlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: