Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e'lon qilindi

Sport 17:16 / 20.04.2019 6558

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi ingliz futbolida mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzod olti nafar futbolchini ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, mavsum futbolchisi bo‘lish uchun Serxio Aguero, Bernardu Silva, Rahim Sterling (uchalasi – «Man Siti»), Virgil van Deyk, Sadio Mane (ikkalasi – «Liverpul») va Eden Azar («Chelsi») nominant sifatida ko‘rsatilgan.

Kasaba uyushmasi hisoblanuvchi PFA ushbu sovrinni 1973/74 mavsumida ta'sis etgan. Uning sohiblari assotsiatsiyaga a'zo futbolchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan ovoz berish jarayoni orqali aniqlanadi. O‘tgan mavsumda «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh bu e'tirofga munosib ko‘rilgan.

Shuningdek, mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nominatsiyasida quyidagi futbolchilar nomzodi qo‘yilgan: Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Devid Bruks («Bornmut»), Markus Reshford («MYu»), Deklan Rays («Vest Hem»), Bernardo Silva, Rahim Sterling (ikkisi – «Man Siti»). 

 
Ko‘proq yangiliklar: