Abramov Qosimovdan ustun keldi. «Bunyodkor» OKMKni yengib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Sport 19:12 / 20.04.2019 8006

Superliga 5-turidan o‘rin olgan OKMK – «Bunyodkor» o‘yini yakunlandi. Olmaliqda mehmon bo‘lgan «qaldirg‘ochlar» Lutfullo To‘rayevning jarima zarbasidan urgan goli evaziga g‘alaba qozonishdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Bunyodkor» ochkolari sonini 9taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. OKMK 4 ochkosi bilan 11-o‘rinda qoldi.

«Bunyodkor» Superligada ketma-ket 3-o‘yinda g‘alaba qozondi.

Superliga-2019. 5-tur
OKMK – BUNYoDKOR 0:1

Gol: Lutfullo To‘rayev (39).
OKMK: Akbar To‘rayev, Akmal Shorahmedov, Sherzod Fayziyev, Dilshod Jo‘rayev, Bobur Yo‘ldoshev, Saydullo Rahmatov, Mirjamol Qosimov (Shahzod Nurmatov, 66), San'at Shixov, Zohir Pirimov (Kamron Saidazimov, 46), Jasur Hasanov, Zafar Polvonov (Jasur Hakimov, 75).
Bunyodkor: Murod Zuhurov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Nurillo To‘xtasinov, Lutfullo To‘rayev, Jasur Jaloliddinov (Abdulla Abdullayev, 66), Sanjar Qodirqulov, Xurshid G‘iyosov (Bobur Farhodov, 90+2), Javohir Qahramonov (Ulug‘bek Abdullayev, 83), Mirjahon Mirahmadov.

Ko‘proq yangiliklar: