Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yovich «Real»ga o‘tadi

Foto: Getty Images
«Real» yaqin vaqtlar ichida «Ayntraxt»dan serbiyalik hujumchi Luka Yovichni transfer qilish bo‘yicha ishlarni yakunlaydi.
AS ma'lumotiga ko‘ra, klublar ushbu yosh forvard transferi bo‘yicha kelishuvga erishish arafasida turibdi. Transfer qiymati 50-60 mln yevro atrofida bo‘ladi. Bu mablag‘ning 20 foiz qismi futbolchining sobiq klubi «Benfika»ga tegadi.
Madridliklar Yovich Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonch bildirishmoqda.
Yovich uchun raqobatda «Real» «Bavariya»ni ortda qoldirgan. Bu futbolchiga «Barselona» tomonidan ham jiddiy qiziqish bildirilgan, ammo katalonlar klubi keyinchalik bu futbolchi transferidan voz kechishgan.
Yovich transferi munosabati bilan «Real» «Rayo Valekano»dan Raul de Tomasni qaytarmoqchi emas.
21 yoshli Yovich Germaniya chempionatining joriy mavsumida 27 o‘yinda maydonga tushib, 17 golga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025