YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Sport 16:27 / 19.04.2019 11208

«Barselona» sardori Lionel Messi Chempionlar ligasida chorak finalning javob uchrashuvlari yakunlariga ko‘ra haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Argentinalik hujumchi seshanba kuni «Kamp Nou»da «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan bahsda dastlabki 20 daqiqa ichida ikkita gol urib, yakunda jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasiga (3:0) katta hissa qo‘shgan edi.

Ma'lumot uchun, YeChLda hafta futbolchisi bo‘lish uchun Leodan tashqari: «Yuventus» darvozasiga g‘alaba golini urgan «Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt, «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinning ilk 10 daqiqasida dubl qayd etgan «Tottenhem» hujumchisi Son Hyong Min va «Portu» darvozasini ishg‘ol etgan «Liverpul» hujumchisi Roberto Firmino nomzodlari ham nominantlar qatoriga kiritilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Messi yetakchiligidagi «Barselona» yarim finalda «Liverpul» bilan kuch sinashadi. Avvalroq Leo «qizillar» darvozasiga hech qachon gol urmagani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: