Ucell kompaniyasi III ADWEEK marketing va reklama haftaligining VIP-hamkori bo‘ldi

Jamiyat 15:45 / 19.04.2019 5533

13 aprel kuni Toshkentda ADWEEK marketing va reklama haftaligi yakuniga yetdi, Ucell unda VIP-hamkor sifatida ishtirok etdi.

«Milliy marketing markazi» korxonalar uyushmasi «O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi» ko‘magida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan xorijiy spikerlarni taklif etib, tom ma'noda keng ko‘lamli va muhim tadbir tashkillashtirdi. Biznesda, marketingda va reklamada xorijiy tajriba milliy voqeliklar bilan yonma-yon bo‘lib, O‘zbekistonda biznes yuritishning mavjud mexanizmlariga foydali yangi jihatlarni joriy etishning potensial imkoniyatini yaratdi.

An'anaga ko‘ra, haftalik bir necha tadbirlarni o‘z ichiga oldi:

  • Marketing va reklama sohasidagi yetakchi kompaniyalar ko‘rgazmasi;
  • Ko‘pchilik ishtirokchilar uchun eng muhim bo‘lgan «Yil brendi» marosimi: unda 2018 yilda marketing sohasidagi yuksalishlari bilan ajralib turgan kompaniyalar mukofotlandi;
  • Ilhombaxsh ABC Show tadbiri – jahonning yetakchi 45 festivali g‘oliblari bo‘lgan eng ko‘p taqdirlanuvchi videoroliklar to‘plami;
  • Birinchi TAF – Toshkent reklama festivali: unda xalqaro darajadagi ekspertlar eng yaxshi reklama loyihalarini baholashdi.

«COSCOM» MChJ kompaniyasi Ucell brendi ostida ushbu haftalikning VIP-hamkori bo‘lib, mazkur muhim tadbirni faol qo‘llab-quvvatladi. Ko‘rgazmada Ucell brendini tamsil etuvchi U-suf roboti tashrif buyuruvchilarga haftalik haqidagi ma'lumotlarni yetkazib turdi, raqslar bilan ularning ko‘ngillarini chog‘ qildi va birgalikdagi fotosessiyalarda qatnashdi. Bundan tashqari, Ucell mazkur tadbirni yoritishda ham faol qatnashdi va boshqa kompaniyalar qatori, haftalik ishtirokchilarini biznes-esdaliklar bilan mukofotladi.

ADWEEK haqidagi taassurotlarini Ucell Iste'molchilar segmenti direktori Smagin Marat Yevgenevich shunday ifodalaydi: «Avvalo, tadbir tashkilotchilariga, xususan, Diyor Mirzaahmedovga g‘ayrat-shijoati uchun, bozorimizda marketing va biznes taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik izhor etmoqchiman. Biz, innovatsion yondashuv va doimiy taraqqiyotga qiziqqan Ucell marketing jamoasi sifatida, bu kabi tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilamiz va ularda bevosita ishtirok etamiz. Spikerlarning chiqishlari natijalariga ko‘ra biz ham tegishli xulosalar chiqardik, o‘zimiz uchun qiziq konsepsiyalar topdik va ularni moslashtirgan holda o‘z ishimizda qo‘llashimiz mumkin. Umuman olganda, bu kabi tadbirlar nafaqat xorijiy hamkasblardan yana bir bor tajriba o‘rganishda qo‘l keladi, balki mahalliy biznes vakillarini ishlamayotgan jihozlardan voz kechishga va biznes-jarayonlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviyroq yondashuvlarni joriy etishga ilhomlantiradi».

ADWEEK marketing va reklama haftaligi haqidagi batafsil ma'lumotlarni www.adweek.uz saytidan olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: